dooCall

Har bir qo'ng'iroq — nazorat ostida

dooCall operatorlaringizning barcha qo'ng'iroqlarini yozib oladi, saqlaydi va hisobotga aylantiradi. SIM-karta, ilova — bo'ldi.

Qanday ishlaydi

1

APK o'rnating

Operator telefoniga dooCall ilovasini o'rnating va login kiriting.

2

Operatorlar qo'ng'iroq qiladi

Har bir kiruvchi va chiquvchi qo'ng'iroq avtomatik yozib olinadi.

3

Hammasini ko'rasiz

Kabinetda yozuvlar, statistika va hisobotlar real vaqtda.

Kabinetda nimalar bor

Ish stoli

Kunlik manzara: kim qancha gaplashdi, nechta o'tkazib yuborildi.

Qo'ng'iroqlar

Barcha yozuvlar audio bilan — filtr, qidiruv, eksport.

Kontaktlar

Mijozlar bazasi qo'ng'iroq tarixi bilan bog'langan.

Hisobotlar

Davrlar, xodimlar, mijozlar va javobsizlar bo'yicha.

Sozlamalar

Operatorlar, qurilmalar, integratsiya — bir joyda.

Xavfsizlik

Yozuvlar shifrlangan saqlashda, kirish faqat sizda.

Tez orada

AI Tahlil

Qo‘ng‘iroqlarni avtomatik tahlil qilish: har bir suhbat uchun qisqacha mazmun, ohang va sifat bahosi.

Tez orada

Xodimlar nazorati

Xodim ishxonaga qachon kirgani va chiqqani hamda kun davomida qayerda ekanini ko‘rish.

Integratsiyalar

DooCall mashhur CRM tizimlari bilan ulanadi: qo'ng'iroqlar va audio yozuvlar avtomatik CRM'ingizga tushadi.

Narx — oddiy

· · ·UZS har bir operator / oy
Operatorlar soni5
Oyiga jami· · ·

Birinchi 14 kun — bepul, karta shart emas

Savollar

Qanday telefonlar qo'llab-quvvatlanadi?+

Android 10 va undan yuqori. Ikki SIM-kartali qurilmalar to'liq qo'llab-quvvatlanadi.

Yozuvlar qayerda saqlanadi?+

O'zbekistondagi serverlarda, shifrlangan holda. Faqat siz va siz ruxsat berganlar eshita oladi.

To'lovni qanday qilaman?+

Payme, Click yoki bank o'tkazmasi orqali. Narx operatorlar soniga qarab.

Sinov muddati tugasa nima bo'ladi?+

Hisobingiz to'xtatiladi, ma'lumotlar saqlanib qoladi. To'lovdan keyin hammasi qayta ochiladi.

Integrator bo‘lish

dooCall bilan hamkor bo‘ling — kompaniyalar olib keling va ularning to‘lovlaridan komissiya oling. Ma’lumotlaringizni qoldiring, biz bog‘lanamiz.